O‘zbekiston | 08:45 / 29.07.2022
3837
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Bugun, 29 iyul kuni Toshkent shahrining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Shutterstock

Xususan, Yunusobod tumani Registon mahallasi hududidagi aholi xonadonlariga yo‘naltirilgan gaz quvurlari ikki bosqichli tizimga o‘tkazilayotganligi sababli gaz quvurlarini kesish va ulash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan

Shu sababli, 2022 yil 29 iyul kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha Registon mahallasida, Ahmad Donish 1-tor ko‘chasida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Bundan tashqari, Uchtepa tumani, Zarafshon 6-tor ko‘chasida joylashgan gaz taqsimlash qurilmasini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. 

Shu sababli, 2022 yil 29 iyul kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha Zarafshon 6-tor ko‘chasida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid