Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyaning OBI kompaniyasi Rossiyadagi biznesini 1 yevroga sotdi
OBI GmH 17 mart kuni Rossiyadagi do‘konlari yopilishini e’lon qilgandi.
Germaniyaning OBI GmH qurilish va xo‘jalik mollari do‘konlari tarmog‘i rossiyalik investorlar bilan kompaniyaning oltita yuridik shaxsini sotish bo‘yicha kelishuv imzoladi.
«Vedomosti» gazetasining yozishicha, kelishuv summasi 1 yevroni tashkil etadi.
Kelishuvning birinchi bosqichida Rossiyadagi do‘konlar tarmog‘i bilan bog‘liq firmalarning 40 foiz ulushi GISK Max investitsiya-qurilish kompaniyalari guruhiga o‘tadi, 60 foizini Supernova kompaniyalar guruhi vakili, biznesmen Yozef Liokumovich oladi.
Aniqlik kiritilishicha, keyinchalik GISK Max o‘z ulushini «uchinchi shaxslar»ga sotishi mumkin bo‘ladi.
Federal antimonopoliya xizmati mazkur kelishuvni ma’qulladi.
OBI kompaniyasining Rossiyadagi bo‘limi mazkur xabar bo‘yicha izoh berilmasligini bildirdi.
OBI GmH 17 mart kuni Rossiyadagi do‘konlari yopilishini e’lon qilgandi.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026