O‘zbekiston | 07:37 / 30.07.2022
18781
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi hostelda sodir bo‘lgan yong‘inda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Joriy yil 28 iyuldan 29 iyulga o‘tar kechasi Moskva shahar Alma-Atinskaya ko‘chasidagi 7-korpus, 2-uyda joylashgan hostelda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 8 nafar fuqaro vafot etgan va 4 nafar fuqaro jarohat olgan.

Foto: RIA Novosti

Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, vafot etganlarning 2 nafari (S.N., 2003 yilda tug‘ilgan va A.A., 1986 yilda tug‘ilgan) O‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi. 

Ushbu hodisa yuzasidan Brateyevo tumani tergov qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘zbekistonliklarning jasadlarini vatanga olib kelish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilishini ma’lum qilgan.

28 iyuldan 29 iyulga o‘tar tunda Alma-Atinskaya ko‘chasidagi 16 qavatli uyning birinchi qavatida yong‘in chiqqan. Barcha qurbonlar migrantlar bo‘lgan. Ular deraza panjaralari tufayli xonadan chiqa olishmagan. 

Hostelda yong‘in elektr tarmog‘i avariya holatida bo‘lganligi tufayli kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid