Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshda O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi ochiladi
Dakka shahrida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Bangladesh tashqi ishlar vaziri Abul Qalam Abdul Momen bilan uchrashdi.
Tomonlar ta’minot zanjirlari logistikasini takomillashtirish va kamxarajat transport yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. Shu nuqtayi nazardan, «O‘zbekiston – Chabahar porti – Chitagong porti» yo‘nalishi bo‘yicha ilk bor yuklarni tashib ko‘rish, Uzbekistan Airways va Biman Airlines Bangladesh milliy aviatashuvchisi o‘rtasida Toshkent – Dehli - Dakka va teskari yo‘nalishda aviaqatnovni tashkil etish bo‘yicha kod-shering (reyslarni hamkorlikda ekspluatatsiya qilish) shartnomasini tuzishga kelishildi.
Ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘zaro tashriflari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida diplomatik pasport egalarining o‘zaro vizasiz safarlari to‘g‘risidagi shartnomani ishlab chiqish, ishbilarmonlar uchun viza rejimini yengillashtirish borasida konsullik xizmatlari o‘rtasida maslahatlashuvlar o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Dakka shahrida O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasini ochish imkoniyati muhokama qilindi. Ramziy ma’noda ushbu tadbirni mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlar o‘rnatilgani 30 yilligiga bag‘ishlash taklifi bildirildi.
Mavzuga oid
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
15:57 / 14.02.2026
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yangi qo‘llab-quvvatlash choralari va’da qilindi
00:18 / 09.02.2026
“Metan zapravka” qurishga ruxsat yo‘q. Borlariga gaz yetkazib bera olishmayapti” – Jamshid Xo‘jayev
15:50 / 21.01.2026