O‘zbekiston | 13:05 / 01.08.2022
6612
1 daqiqa o‘qiladi

Bolalar gematologiya markaziga yangi direktor tayinlandi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Abdulla Nusratillayevich Abdihakimov Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

SSV matbuot xizmati xabar qilishicha, tibbiyot fanlari doktori A. Abdihakimov 1989 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlab, o‘z ish faoliyatini mazkur oliy o‘quv yurtining “Normal anatomiya” kafedrasi assistenti sifatida boshlagan. 

Keyinchalik Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti katta ilmiy xodimi, Toshkent viloyati o‘sma kasalliklar dispanseri bosh shifokorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan. 

Tajribali shifokor 2005 yildan hozirga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyat filiali direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Mavzuga oid