Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Temiryo‘l transporti va metroda xavfsizlik kuchaytiriladi
Transport vaziri buyrug‘i bilan temiryo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablari buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Quyidagilar temiryo‘l transporti va metropoliten hodisalari hisoblanadi: harakatdagi poyezd boshqa poyezd bilan to‘qnashishi; temiryo‘l izidan chiqishi; poyezd shikastlanishi; infratuzilma va (yoki) tashilayotgan yuklarga zarar yetishi; favqulodda vaziyatlar va boshqalar ta’sirida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan hodisalar.
Harakat xavfsizligi buzilishlari bo‘yicha hodisalarni hamda buzilishlar sabablari, oqibatlari va ushbu hodisalarda aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlash maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi.
- Nizom quyidagilarni belgilaydi: temiryo‘l transportida harakat va tashishlar xavfsizligi talablari buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash;
- quyidagilarni: xizmat tekshiruvi olib borish tartibi; xizmat tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish tartibi; harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishlarini hisobga olish tartibi.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
08:17 / 03.06.2026
Dunyoning eng gavjum temiryo‘l vokzallari reytingi e’lon qilindi
00:04 / 24.05.2026
Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining rekonstruksiya qilingan bekati ish boshladi
09:10 / 19.05.2026