Hayraton–Mozori Şarif temiryöl liniyasining beşinçi bekati rekonstruksiyadan söng yana qayta faoliyat boşladi.
Loyihani amalga oşiriş doirasida stansiyaga ilk bor tijoriy yuk poyezdi yetib keldi.
Oçiliş marosimida sözga çiqqan Afğoniston boş vazirining iqtisodiy masalalar böyiça örinbosari Mulla Abdul Ğani Barodar Özbekistonga körsatayotgan yordami va hamkorligi uçun minnatdorlik bildirdi hamda mahalliy va xorijiy sarmoyadorlarni Afğoniston iqtisodiyotini rivojlantirişga faolroq hissa qöşişga çaqirdi.
Uning sözlariga köra, Kobul Toşkent bilan ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlaşdan manfaatdor bölib, ikki davlat fuqarolarining özaro qatnov rejimini soddalaştiriş istiqbollarini körib çiqmoqda.
“Özbekiston va Afğoniston örtasida taşriflar ösişda davom etadi va kelajakda pasport va vizalar talab qilinmaydigan kelişuvga erişilişi mumkin”, - deya qöşimça qildi boş vazir örinbosari.
Afğoniston jamoat işlari vaziri Muhammad Iso Soniyning ma’lum qilişiça, Özbekiston bilan hamkorlikda uzunligi 657 kilometr bölgan Hayraton–Hirot temiryölini quriş böyiça loyihalar davom ettirilmoqda. Şuningdek, uzunligi 878 kilometrlik Hirot–Qandahor temiryöli loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini örganiş işlari moliyalaştirilmoqda.
Mavlono Jaloliddin Muhammad Balxiy nomidagi xalqaro aeroport yaqinida joylaşgan stansiya ikki bosqiçda 50 dan ortiq vagonni ötkaziş quvvatiga ega. Loyiha doirasida ma’muriy binolarni rekonstruksiya qiliş, elektr ta’minoti va isitiş tizimlarini modernizatsiya qiliş, infratuzilmani yangilaş, markazlaştirilgan podstansiya quriş, temir yölning 75 kilometrlik qismida videokuzatuv va yoritiş tizimlarini örnatiş közda tutilgan.
“Özbekiston temir yöllari” AJ boşqaruvi raisi Zufar Narzullayevning ta’kidlaşiça, loyiha doirasida Naybobod–Mozori Şarif bekatining ma’muriy binolari rekonstruksiya qilinib, zamonaviy uskunalar örnatilgan va yangi markazlaştirilgan yordamçi stansiya işga tuşirilgan.

















