Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent aeroportida bojxona nazoratidan o‘tish soddalashtirildi
«Toshkent» xalqaro aeroportining uchib ketish terminalida masofaviy bojxona nazorati tizimi ishga tushirildi.
Foto: Kun.uz
Mazkur tizim nazorat kameralari va parvoz haqidagi oldindan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish orqali yo‘lovchilar va ularning yuklarini bilvosita bojxona nazoratidan o‘tkazish imkonini beradi.
Terminalning butun perimetri bo‘ylab o‘rnatilgan kameralar bojxona organlariga real vaqt rejimida masofadan turib vaziyatni kuzatish va faqatgina zarur hollarda yo‘lovchilarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish imkonini beradi.
Bu, o‘z navbatida, xorijga otlangan yo‘lovchilarning bojxona nazoratidan tezroq va hech qanday kechikishlarsiz o‘tish imkonini beradi.
Mavzuga oid
11:35 / 11.02.2026
Toshkentga uchgan samolyotlar Samarqand va Bishkekka qo‘nishga majbur bo‘ldi
09:52 / 10.02.2026
Kuba: aeroportlarda aviayonilg‘i yo‘q - xorijiy reyslar qayta ko‘rib chiqilmoqda
09:58 / 21.01.2026
O‘zbekiston aeroportlarida yo‘lovchilar soni 15 milliondan oshdi
16:14 / 12.01.2026