Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: Shimoliy Koreya 2017 yildan beri birinchi yadroviy sinovga tayyorlanmoqda
Shimoliy Koreyaning «Pungeri» yadro poligonidagi ish KXDR yadro qurolini sinovdan o‘tkazishga tayyorlanayotganidan dalolat beradi, deyiladi BMT hisobotida.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya 2017 yildan buyon ilk yadro sinovini o‘tkazishga tayyorlanmoqda. So‘nggi oylarda mamlakat shimolidagi yerosti poligonida qurilish ishlari olib borilayotgani kuzatilmoqda. Bu haqda 5 avgust, juma kuni BMTning maxfiy hisobotiga tayanib, dpa agentligi xabar berdi.
«Pungeri» yadro poligonidagi ishlar yadroviy qurol yaratish uchun qo‘shimcha yadro sinovlarini o‘tkazishga zamin yaratmoqda», — deyiladi hisobotda. BMTning ta’kidlashicha, bu joyning sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlari KXDR «Pungeri»dagi tunnellar tarmog‘ini ta’mirlayotgani, shuningdek, 2018 yilda AQSh bilan muzokaralar chog‘ida buzib tashlangan inshootlarni tiklayotganini ko‘rsatmoqda.
Kuzatuvchilar bir necha oydan beri Shimoliy Koreya ko‘p sonli raketa sinovlaridan so‘ng so‘nggi besh yil ichida ilk yadroviy sinovini o‘tkazishi mumkinligidan xavotirda. Iyun oyida Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) ham KXDR 2006 yildan 2017 yilgacha oltita yadroviy sinov o‘tkazgan «Pungeri» poligonida faollikni qayd etgan edi.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
08:40 / 27.02.2026
Jyenevada Eronning yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar yakunlandi
15:55 / 13.02.2026