Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
O‘zbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchixonasining birinchi diplomati Stokholmga yetib bordi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Diplomatik missiya maslahatchisi lavozimiga tayinlangan Nodir G‘aniyev O‘zbekistonning Shvetsiya qirolligidagi muvaqqat ishlar vakili vazifasini bajaradi.
U Farg‘ona shahrida tug‘ilgan, 50 yoshda. 1993 yil Toshkent davlat universitetini (hozirgi Milliy universitet) filolog-sharqshunos mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1994 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparatda va mamlakat xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.
Shvetsiyaga jo‘nab ketishdan oldin u Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari va YeI institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Stokholmdagi diplomatik vakolatxona O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi 36-elchixonasi bo‘ladi.