Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anatoliy Chubays Italiyadagi kasalxonadan chiqdi
«Rosnano» sobiq rahbari iyul oyi oxirida Giyen-Barre sindromi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. U Frankfurt-Maynda reabilitatsiya kursidan o‘tadi, deb yozadi La Repubblica.
1990-yillarda Rossiyadagi iqtisodiy islohotlarning mafkurachisi va yetakchilaridan biri, Giyen-Barre sindromi tashxisi bilan Italiyada kasalxonaga yotqizilgan Anatoliy Chubays shifoxonadan chiqarildi, deb xabar berdi «Exo Moskvy» radiostansiyasi bosh muharriri Aleksey Venediktov. 7 iyul, yakshanba kuni o‘z Telegram-kanalida.
Italiyaning La Repubblica gazetasi ham Chubaysning chiqarilgani haqida yozgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, «Rosnano» sobiq rahbariga 6 avgust kuni ertalab javob berilgan va u Frankfurt-Maynga ketgan, u yerda reabilitatsiya kursidan o‘tadi. «Anatoliy Chubays 6 avgust kuni erta tongda klinikadan chiqarildi. U Mater Olbia’ni boshqalar yordamisiz tark etdi», - deya xabar berdi gazeta.
La Repubblica’ning yozishicha, italiyalik shifokorlar tashxis to‘g‘ri qo‘yilganiga shubha qilmayapti – Giyen-Barre sindromi. «Toksikologik testlar natijalari hali chiqmadi, ammo rossiyalik menejyerning organizmi davolash usuliga reaksiya berdi, shuning uchun shifokorlar bu Giyen-Barre sindromi ekanini bildirdi. Bu uning qo‘llari va oyoqlarini bloklab qo‘ygan og‘ir nevrologik kasallik, ammo zaharlanish emas», deb yozadi gazeta.
Anatoliy Chubays Kiprdan Italiyaga uchib kelganidan so‘ng kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda birinchi bo‘lib rossiyalik jurnalist va siyosatchi Kseniya Sobchak xabar berdi. Shuningdek, u Chubaysning kasalxonadagi bir nechta fotosuratlarini e’lon qildi. Chubays kasalxonaga yotqizilganidan so‘ng, o‘rtacha og‘irlikda ekanligini bildirdi. Kreml Chubaysning tezroq tuzalib ketishini tilab, Rossiya rahbariyati uning kasalxonaga yotqizilishi tafsilotlaridan xabardor emasligini ta’kidladi.
La Repubblica nashrining yozishicha, Chubays kasalxonada bo‘lganida Tempo-Pauzaniya shahri prokurori tomonidan so‘roq qilingan, Italiya karabinerlari maxsus bo‘linmasi mutaxassislari esa zahar qidirish bo‘yicha toksikologik tahlil o‘tkazgan.
2020 yil dekabrigacha Anatoliy Chubays «Rosnano» davlat korporatsiyasini boshqargan, keyin esa RF prezidentining xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha maxsus vakili bo‘lib ishlagan. Shu yilning mart oyida Chubays iste’foga chiqdi va Rossiyani tark etdi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, u ketishini Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan norozi ekani bilan izohlagan. TASS agentligi Chubays va uning atrofidagilar korrupsiya uchun tekshirilayotgani haqida xabar berdi, biroq bu ma’lumot rasman tasdiqlanmadi.
Mavzuga oid
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
08:53 / 19.05.2026
O‘zbekistonliklar Italiya fermer xo‘jaliklarida ishlashi mumkin bo‘ladi
09:20 / 14.05.2026
Rossiyaliklar uchun Italiya vizasi olish yanada qiyinlashdi
16:30 / 13.05.2026