O‘zbekiston | 14:30 / 08.08.2022
4867
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Yo‘l-transport hodisasi 6 avgust kuni Aqto‘be – Astraxan trassasida sodir bo‘lgan.

Diapazon nashrining yozishicha, Lada Largus rusumli avtomashinaning 42 yoshli haydovchisi Aqto‘be - Astraxan avtomobil yo‘lining 284-kilometrida yo‘l ishlari olib borilayotgan yo‘l qismiga chiqib ketib, chetga borib urilgan va ag‘darilib ketgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki nafar yo‘lovchi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Bayganin tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. 

Ulardan biri hushiga kelmay, shifoxonada vafot etgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid