Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
740 ta madaniy meros obektida ijara shartnomasi tuzilgani aniqlandi
Joriy yilda 37 ta madaniy meros obektida restavratsiya ishlari uchun qariyb 85 mlrd so‘m ajratiladi. Bu haqda Madaniy meros agentligi axborot xizmati rahbari Mohinur Imomova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, “2022-2023 yillarda muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi"ga muvofiq Madaniy meros kodeksini ishlab chiqish belgilanmoqda.
Ishlab chiqilayotgan kodeks loyihasi 6 ta bo‘lim, 23 ta bob va 154 ta moddadan iborat.
Ishchi guruh o‘rganishlari natijasida respublika hududida joylashgan davlat mulki bo‘lgan 8210 ta madaniy meros obektidan 740 tasida ijara shartnomasi tuzilgani aniqlandi. Uzoq muddatga ijaraga berilgan madaniy meros obektlari esa 23 tani tashkil qiladi.
Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obektlarini foydalanishga (ijaraga) berish va ulardan foydalanishda qonun hujjatlariga rioya etilishi holatini o‘rganishda 15,3 mlrd so‘m debitor qarzdorlik aniqlandi.
Mavzuga oid
10:45 / 10.06.2026
Ayrim shaharlarda harbiy xizmatchilar uchun ijara kompensatsiyasi oshiriladi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
15:43 / 19.05.2026
Ayrim qarzlar notarius orqali undiriladi
08:44 / 18.05.2026