Sport | 10:22 / 10.08.2022
8137
1 daqiqa o‘qiladi

Fazliddin G‘oyibnazarov Toshkentda venesuelalik bokschi bilan jang o‘tkazadi

Humo Arena’da professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Fazliddin G‘oyibnazarov

Joriy yil 13 avgust kuni poytaxtdagi Humo Arena sport majmuasida boks bo‘yicha olimpiya o‘yinlari g‘oliblari, jahon chempionlari, ko‘plab xalqaro turnir g‘oliblari bo‘lgan bir qator bokschilar ishtirokida professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Boks kechasi markaziy jangi 2016 yilgi Rio olimpiadasi oltin medali sohibi Fazliddin G‘oyibnazarov hamda venesuelalik Haviyer Parra o‘rtasida o‘tkaziladi. Jang 10 raund etib belgilangan.

Boks musobaqasida jahon chempionlari Shahobiddin Zoirov, Miraziz Mirzaxalilov, harbiylar o‘rtasida jahon chempioni Laziz Mullajonov ham ringga ko‘tariladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid