O‘zbekiston | 10:22 / 13.08.2022
2899
1 daqiqa o‘qiladi

6 oyda O‘zbekiston eng ko‘p Rossiyadan benzin import qildi

6 oyda O‘zbekistonda qancha benzin ishlab chiqarilgan va qancha import qilingani aytildi.

Foto: Getty Images

2022 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga qiymati 35,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 60,6 mln litr avtomobil benzini import qilingan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 6 oyda O‘zbekiston eng ko‘p Rossiyadan - 48,8 mln litr, Turkmanistondan - 11,7 mln litr avtomobil benzinini import qilgan. 

2022 yil yanvar-iyun oylarida 562,7 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 1,8 foizga oshgan.

2022 yilda oylar kesimida ishlab chiqarilgan avtomobil benzini hajmi:

  • yanvarda – 97,8 ming tonna;
  • fevralda – 98,2 ming tonna;
  • martda – 92,6 ming tonna;
  • aprelda – 93,7 ming tonna;
  • mayda – 92,7 ming tonna;
  • iyunda – 87,7 ming tonna.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid