Ixtirochilar jamiyati nodavlat notijorat tashkiloti tashkil qilinadi
“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati nodavlat notijorat tashkiloti tashkil qilinadi. Respublika iqtisodiyoti barcha tarmoqlarida ixtirochilik faoliyatini rivojlantirish jamiyat asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
2022 yildan har yili hududlar, tarmoqlar va sohalar kesimida ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi. Ko‘rik-tanlov g‘oliblariga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi: 1-o‘ringa – 90 mln so‘m; 2-o‘ringa – 75 mln so‘m; 3-o‘ringa – 60 mln so‘m.
Mablag‘lar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplanadi. Ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblarning ixtirolarini kelgusida startap loyihalar doirasida moliyalashtirishga ustuvorlik beriladi. G‘oliblar magistratura mutaxassisligiga Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi granti hisobidan imtihonsiz qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
O‘zbekiston | 19:08 / 12.03.2025
Avstraliyalik erkak sun’iy yurak bilan 100 kun yashab, rekord o‘rnatdi
Jahon | 14:35 / 12.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nukusda propan gaz tashuvchi yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Jamiyat | 19:40
-
«Har bir tizimda bunaqalar bor» – IIV mas’uli nopok xodimlar haqida
O‘zbekiston | 19:36
-
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19
-
HAMAS garovdagi isroillikni ozod etishga va to‘rt kishining jasadini qaytarishga rozi bo‘ldi
Jahon | 19:11
Mavzuga oid

13:50 / 02.12.2024
Dunyoda shunday qishloq bor: unga erkaklar kirishi taqiqlangan

11:19 / 19.10.2023
Minskda «Belarus–O‘zbekiston» do‘stlik jamiyati tashkil etildi

15:13 / 24.01.2023
Populizm cho‘qqiga chiqmoqda. Ko‘z-ko‘z qilinadigan soxta “mehribonchilik”dan maqsad nima?

11:45 / 23.01.2023