Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Leningrad oblasti Murino shahrida Nissan haydovchisi 49 yoshli o‘zbekistonlik mehnat muhojirini urib yubordi va qochib ketdi.
78.ru nashrining yozishicha, 12 avgust, juma kuni Murino shahrida 49 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nissan avtomobili tomonidan urib ketilgan. U olgan jarohatlari oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
Hodisa Murino shahridagi Yekaterininskaya ko‘chasida, “Grinlandiya” turar joy majmuasi yaqinida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik yo‘lni piyodalar o‘tish zonasidan tashqarida kesib o‘tgan. Nissan haydovchisi erkakni urib yuborgach, voqea joyidan qochib ketgan.
Jabrlanuvchi olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Hodisada aybdor bo‘lgan shaxs qo‘lga olinib, izolyatorga joylashtirildi.
Holat yuzasidan “Yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘lga olingan shaxs bir yil davomida to‘rt marta yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun javobgarlikka tortilgan.
Mavzuga oid
22:14
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
21:27
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
18:43
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
12:35