Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda tadbirkor ayol rahbarlar eng ko‘p savdo sohasida ishlayapti
2022 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda ayol rahbarlar boshqaruvidagi 16 359 ta kichik korxona va mikrofirmalar 2021 yilda 2,3 trln so‘m sof foyda olgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, xuddi shu davrda erkaklar boshqaruvidagi 121 746 ta kichik korxona va mikrofirmalar 2021 yilda 27,9 trln so‘m sof foyda olgan.
O‘rta hisobda bitta tadbirkorlik sub’yektiga to‘g‘ri keladigan sof foyda miqdori tadbirkor erkak rahbarligidagi kichik tadbirkorlik sub’yektlarida 229,7 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, tadbirkor ayol rahbarligidagi korxonalarda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 141,4 mln so‘mni tashkil etdi.
2022 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda tadbirkor ayol rahbarlarning iqtisodiy sohalar bo‘yicha faoliyati:
- savdo sohasida – 14 147 ta;
- xizmatlar sohasida – 10 057 ta;
- sanoatda – 5 543 ta.
Mavzuga oid
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
08:16 / 02.06.2026
Top-10: dunyo savdosida eng katta ulushga ega davlatlar
10:14 / 21.05.2026