Isroil va Turkiya diplomatik munosabatlarni to‘liq tiklashga kelishib oldi
Turkiya va Isroil o‘z elchilarini 2018 yilda chaqirtirib olgandi.
Isroil bosh vaziri Yair Lapid va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni to‘liq tiklash va elchilarini poytaxtlarga qaytarishga kelishib oldi. Bu haqda Isroil bosh vaziri devonxonasi ma’lum qildi.
«Bosh vazir Yair Lapid va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning telefon orqali muloqotidan so‘ng Isroil va Turkiya diplomatik munosabatlarni to‘liq tiklaydi», — deyiladi xabarda.
Turkiya va Isroil o‘z elchilarini 2018 yilda chaqirtirib olgandi.
O‘shanda ikki mamlakat G‘azo sektoridagi voqealar bo‘yicha turlicha nuqtai nazarni bildirgandi: Erdo‘g‘an Isroilni terrorchi davlat deb atagan, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Turkiya rahbarini HAMASni qo‘llab-quvvatlashda ayblagandi.
Mavzuga oid
20:02
Isroil Bayrutga zarba berdi, «Hizbulloh» yetakchilaridan biri o‘ldirildi
21:36 / 19.09.2024
The New York Times: Isroil «zamonaviy Troya oti»ni yaratdi
20:46 / 19.09.2024
Isroil Livan bo‘ylab yangi zarbalar yo‘lladi
12:20 / 19.09.2024