O‘zbekiston | 16:40 / 17.08.2022
16418
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Shavkat Mirziyoyev Madina shahriga yetib bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni damda Muhammaad sollallohu alayhi vasallam dafn etilgan Ravzai Muborakni ziyorat qilmoqda.

Foto: Telegram / @Sherzod_Asadov

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga yetib bordi.

Shahzoda Muhammad bin Abdulaziz nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Madina mintaqasi rahbarlari kutib oldi.

Tashrif Madina shahridan boshlandi. Ayni vaqtda O‘zbekiston delegatsiyasi korteji Masjidun Nabaviyga borgan.

Rejaga ko‘ra, prezident Shavkat Mirziyoyev Muhammaad sollallohu alayhi vasallam dafn etilgan Ravzai Muborakni ziyorat qilmoqda.

Ziyorat davomida prezidentga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Holiqnazarov va hukumat vakillari hamrohlik qilmoqda.

Фаррух Абсаттаров
Tayyorlagan Фаррух Абсаттаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid