Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar jinsiy zo‘ravonlikka uchradi
Rossiyaning Kaliningrad viloyatidagi ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga yordam berish markazida 10 dan ortiq tarbiyalanuvchi jinsiy zo‘ravonlikka uchragan. Xodimlar yuz bergan voqeani yashirishga uringan. Tergov qo‘mitasi holat yuzasidan surishtiruv boshlagan.
Readovka telegram-kanali xabariga ko‘ra, Gusev shahridagi «Rostok» markazining o‘ndan ortiq tarbiyalanuvchilari jinsiy zo‘ravonlikka uchragan. Sobiq o‘quvchilardan birining guvohlik berishicha, katta yoshdagi bolalar tomonidan kichiklarga nisbatan dahshatli jinoyatlar sodir etilgan.
«Kaliningradlik mahalliy deputat menga murojaat qilib, markaz faoliyatini tekshirishni boshlashda yordam so‘radi. Afsuski, Gusev shahri ma’muriyati tomonidan hech qanday faol harakatlar amalga oshirilmadi», deydi Inson huquqlarini himoya qilish xalqaro qo‘mitasining Rossiya bo‘limi vitse-prezidenti Ivan Melnikov.
«Rostok»ning sobiq tarbiyalanuvchilaridan biri Melnikov bilan bog‘langan va muassasada qanday voqealar sodir bo‘lganini batafsil aytib bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2005 yilda tug‘ilgan o‘smirlar o‘sha paytda atigi 8 yoshda bo‘lgan qizni jinsiy tahqirlagan. Yigit bu hodisa haqida o‘quv bo‘limi boshlig‘iga aytgan. U esa voqea haqida hech kimga churq etmaslikni tayinlagan. Qizcha boshqa muassasaga o‘tkazib yuborilgan.
«Voqea haqida mudirga aytdim. U menga hamma narsani o‘zi hal qilishini bildirdi. Hech kimga aytmaslikni so‘radi. Oxir-oqibat, hech narsa hal qilinmadi», deya yigitning so‘zlarini keltirmoqda 360tv.
Ikkinchi holat 2021 yil kuzda, yigitning ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan. Tungi tarbiyachi unga murojaat qilib, jinsiy axloqsizlik bilan shug‘ullanayotgan ikki o‘smirni ajratishda yordam so‘ragan. Yana kimlar bu ish bilan shug‘ullanayotganini aniqlashga kirishilganda, ularning soni 12 nafar ekani ma’lum bo‘lgan. Voqeani oshkor qilgan tarbiyalanuvchi boshqa muassasaga o‘tkazilgan.
Melnikovning so‘zlariga ko‘ra, u deputat Dmitriy Zabolotniy bilan birgalikda tergov qo‘mitasi raisi Bastrikinga murojaat qilgan.
Guvoh yigit «Rostok» markazida sodir bo‘lgan hodisalarni oshkor qilish orqali vaziyatni o‘zgartirmoqchi bo‘lganini aytgan. U ta’riflagan holatlar 2019-2020 yillarga to‘g‘ri keladi.
«Agar avvalgi faktlar haqida gapiradigan bo‘lsak, markazda haqiqatan ham tushunarsiz voqealar sodir bo‘lgan. Tushunishimcha, juda ko‘p bolalar jabrlangan - 10dan ortiq. Ularning aniq sonini tergov organlari aniqlaydi», — deb qo‘shimcha qildi Melnikov.
Bolalar uyi direktori Yelena Zaytseva jinsiy zo‘ravonliklar haqidagi xabarlar yolg‘on ekanini aytdi. Bundan tashqari, u bu xabarni tarqatganlarni sudga berishini ta’kidladi.
«Bu g‘irt yolg‘on. Umuman dahshatli. Ta’riflashga so‘z yo‘q. Telefonim qo‘ng‘iroqlardan tinmayapti. Hech narsani yashirmaganman. Ular bu gaplarni qayerdan olganini bilmayman. Ularni sudga beraman. Bolalarga yaxshi tarbiya beryapmiz. Keling, ko‘ring. Biz hamma uchun ochiqmiz», dedi Zaytseva.
Uning ta’kidlashicha, bolalar uyiga doimiy ravishda tekshiruvchilar, nazoratchilar keladi. Shuning uchun bunday holatlarni yashirish muammoli, umuman olganda esa jinoyat. Ayolning qo‘shimcha qilishicha, huquq himoyachilari birinchi bo‘lib uning oldiga kelishi kerak edi, lekin negadir bunday qilishmagan.
Rossiya Tergov qo‘mitasining Kaliningrad viloyati bo‘yicha tergov boshqarmasida barcha faktlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilayotgani va aniqlik kiritilayotgani haqida xabar berildi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026