O‘zbekiston | 10:36 / 23.08.2022
5598
1 daqiqa o‘qiladi

IT-startaplar uchun har yili 1 mln dollarlik tanlov o‘tkaziladi

Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollar bo‘lgan Prezident sovrini uchun tanlov o‘tkaziladi.

Foto: Shutterstock

«2022-2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi.

2023 yildan boshlab har yili yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi startap loyihalarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida AKTni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan umumiy mukofot jamg‘armasi 1 mln dollar bo‘lgan Prezident sovrini uchun tanlov o‘tkaziladi.

Hujjatga ko‘ra, 1 sentabrdan boshlab respublika barcha hududlarida AKTni qo‘llash orqali masofaviy xizmatlarni eksport qilish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

1 oktyabrdan AKT sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan grantlar ajratish tartibi joriy qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid