Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilinmoqda
Davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul natijalari e’lon qilinmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar berdi.
2022/2023 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 10 031 nafar fuqaro arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.
Jami qabul qilingan arizalar soni 5219 tani tashkil qildi. Shundan:
- xorijiy til sertifikatiga egalar — 4582 ta;
- davlat stipendiantlari — 296 ta;
- kimyo, biologiya va informatika yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplom egalari — 159 ta;
- kimyo, biologiya, fizika va informatika fan olimpiadalari g‘oliblari — 12 ta;
- ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi a’lo baholarga o‘qigan bitiruvchilar — 170 ta.
Talabgorlar magistratura qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin.
Mavzuga oid
14:48 / 10.11.2025
Endilikda sog‘liqni saqlash rahbarlarining kunlik qabuli mahallada o‘tkaziladi
16:00 / 18.10.2025
Bolalarni davlat maktablariga qabul qilishda eskirgan tartibotlar bekor qilinadi
19:01 / 27.09.2025
Magistraturaga qo‘shimcha qabul e’lon qilindi
18:43 / 23.09.2025