O‘zbekiston | 12:13 / 24.08.2022
13917
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda zardushtiylik davriga oid qadimiy ibodatxona topildi

Qazishma ishlari davomida qadimgi tosh davriga oid, zardushtiylik qarashlari va islom dini keng tarqalishi bilan bog‘liq o‘ta noyob topilmalar va ibodatxona aniqlangan.

Foto: t.me/nazokat_abdukunduzova

Innovatsiya vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan “Ichki va xalqaro turizmning Uchtepa-Buloqmozor majmuasi arxeologik yodgorliklarini o‘rganish va ularni moviy osmon ostidagi muzeyga aylantirish” mavzusidagi loyiha doirasida Namangan viloyati Norin tumanida zardushtiylik davriga oid qadimiy ibodatxona aniqlandi.

Akademik Ahmadali Asqarov boshchiligidagi ilmiy jamoa qazish ishlari davomida qadimgi tosh davriga oid, zardushtiylik qarashlari va islom dini keng tarqalishi bilan bog‘liq o‘ta noyob topilmalar va ibodatxonani topgan.

“Qazishma ishlarini olib borishdan avval tepalik ostida qadimiy hukmdor qabri va unga qo‘shib ko‘milgan boyliklar bo‘lsa kerak, deb taxmin qilgandik. Natijalar biz kutgandan ham a’lo bo‘ldi – qo‘lga kiritgan manbalar ilmiy qimmati va ahamiyati beqiyos”, – dedi akademik.

Vazirlik xabarida Uchtepa-Buloqmozor yodgorligi, u yerdan topilgan boshsiz rohiba, kutvol (shahar hokimi) xotini va bolasi qoldiqlari, olovi o‘chmaydigan o‘choqlar haqidagi suhbat-maqola tez kunlarda e’lon qilinishi aytiladi. 

Зуҳра Абдуҳалимова
Tayyorlagan Зуҳра Абдуҳалимова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid