Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Avstriya diplomatik kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi Abat Fayzullayev Vena diplomatiya akademiyasi (VDA) direktori, Avstriyaning Rossiyadagi sobiq elchisi Emil Briks bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Unda Vena akademiyasi va O‘zbekistondagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti dars jarayonlariga Vena diplomatiya akademiyasi xodimlarini jalb qilish, universitet o‘qituvchi-professorlari malakasini oshirish uchun xorijiy ekspertlar ishtirokida mahorat darslarini tashkil qilish ko‘rib chiqildi.
Emil Briks o‘zaro tajriba almashish maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillarining VDAga tanishuv tashrifini amalga oshirishni taklif qildi. O‘zaro talabalar almashuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish orqali Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavr, magistr va doktorantura yo‘nalishidagi izlanuvchilari va mustaqil tadqiqotchilar uchun Vena diplomatiya akademiyasida malaka oshirish imkoniyatini yaratish muhokama qilindi.
1754 yilda tashkil etilgan Vena diplomatiya akademiyasi dunyodagi eng ko‘hna diplomatiya maktabi hisoblanadi. Talabalarni o‘qitish asosiy yo‘nalishlari – xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik, jahon iqtisodiyoti, tarix, shuningdek, xalqaro huquq va Yevropa ittifoqi huquqi. Akademiya bitiruvchilari hech qanday tanlovsiz Avstriya Yevropa va tashqi ishlar vazirligiga qabul qilinadi.
Mavzuga oid
10:15 / 29.06.2026
Avstriyaning ikkinchi yirik shahri kommunistlarga ovoz berdi
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
19:52 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi
22:50 / 01.06.2026