Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Aviasozlar» bozorida sifatsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi
«Aviasozlar dehqon bozori»da sanitar-gigiyenik holat bo‘yicha reyd o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.
Reyd Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limi hamda tuman IIB xodimlari bilan birgalikda o‘tkazilgan.
Natijada, sanitariya tartib qoidalariga javob bermaydigan 8 kilogramm qiyma, 12 kilogramm go‘sht mahsulotlari, 25 kilogramm tovuq bo‘yinlari, 17,1 kilogramm tovuq qanotlari brokeraj qilingan.
Ma’lum qilinishicha, tadbirkor va sotuvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.
Aholiga sog‘lom turmush tarzi, botulizm va ovqatdan zaharlanishlar oldini olish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Mavzuga oid
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
08:07 / 05.05.2026
Niderlandiya poytaxtida go‘sht va avtomobillar reklamasi taqiqlandi
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
14:42 / 20.04.2026