O‘zbekiston | 10:42 / 26.08.2022
1983
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston O‘zbekistonda quyosh modullari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Hindiston-Markaziy Osiyo biznes kengashi doirasida O‘zbekiston - Hindiston energetika sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Foto: Dunyo

Hindiston Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi tomonidan Hindiston-Markaziy Osiyo biznes kengashi doirasida energetika sohasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan vebinar bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Onlayn-tadbirda O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Ahadov tomonidan respublikada energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar haqida ma’lumot taqdim etildi.

Hindistonning qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasidagi tajribasini inobatga olingan holda, hind tomoni O‘zbekistonda quyosh modullari, energiyani saqlash uchun akkumulyatorlar va boshqa qayta tiklanuvchi energiya tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni faollashtirishga chaqirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid