Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda investitsiyalar uchun eng jozibador tarmoqlar aniqlandi
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari qiyosiy ustunlik nuqtayi nazaridan investitsiyalar uchun eng jozibador tarmoqlarni aniqladi.
Investorlar uchun potensial jozibador bo‘lish uchun qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitiga ega bo‘lishdan tashqari, sanoat sohalari ma’lum qiyosiy afzalliklarga ega bo‘lishi kerak. Tadqiqot natijasida ikkita sanoat guruhi aniqlangan.
Birinchi guruh - xalqaro savdoda qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan va investitsiyalardan darhol daromad olishi mumkin bo‘lgan tarmoqlar majmui. Bular to‘qimachilik sanoati, kiyim-kechak ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, elektr jihozlarini ishlab chiqarishdir. Ushbu tarmoqlarning qiyosiy afzalliklarini belgilovchi asosiy omillar mehnat xarajatlari, potensial bozorlar va mavjud xomashyo hisoblanadi.
Ikkinchi guruh - rivojlanish potensialiga ega bo‘lgan, lekin investitsiyalardan ma’lum sharoitlarda daromad oladigan tarmoqlarni ifodalaydi. Bunga kimyo sanoati, qora metallurgiya, qurilish materiallari ishlab chiqarish kiradi. Ushbu tarmoqlarning hozirgi ustunligi energiya narxi nisbatan pastligi bilan bog‘liq. Biroq, bu afzallik bozordan tashqari omillarga, ushbu holatda, sun’iy cheklash va energiya narxini subsidiyalash orqali asoslanadi.
Bildirilishicha, liberallashtirish sharoitida texnologik siyosatni takomillashtirish va mahsulot birligiga resurslar sarfini sezilarli darajada kamaytirish sharti bilan ushbu tarmoqlarga qo‘yilgan investitsiyalar daromad keltiradi.
Tarmoqlar qiyosiy afzalliklarini baholash ichki va jahon narxlarida hisoblangan yalpi mahsulotdagi qo‘shilgan qiymat ulushi nisbatlaridan foydalangan holda amalga oshirildi. Hisob-kitoblar uchun har bir ko‘rib chiqilayotgan soha uchun asosiy mahsulotlar tanlangan.
Mavzuga oid
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
11:55 / 12.06.2026
Namanganda “chempion” tadbirkorlar va yirik investitsiya loyihalari qo‘llab-quvvatlanadi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
19:52 / 09.06.2026