Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Budapeshtda O‘zbekiston-Vengriya rektorlari forumi o‘tkaziladi
Budapeshtda ta’lim sohasidagi O‘zbekiston-Vengriya hamkorligi muhokama qilindi.
O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Budapeshtda Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi davlat kotibining fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikka mas’ul o‘rinbosari Miklosh Lengel bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Miklosh Lengel 2022 yildan boshlab Vengriya hukumatining Stipendium Hungaricum stipendiya dasturi bo‘yicha O‘zbekistonga Vengriya oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun kvotani 170 taga oshirganini ta’kidladi. Dastur bakalavriat, magistratura va doktorantura uchun grantlar ajratadi. Kvota doirasida tibbiyot, sport va AKT yo‘nalishlarida o‘qish uchun alohida stipendiyalar ajratiladi.
U O‘zbekiston yoshlarini ushbu grantlardan to‘liq foydalanishga va 2023 yil noyabr oyi o‘rtalaridan 15 yanvarga qadar faol ariza topshirishga chaqirdi.
Uchrashuvda Vengriya Diplomatik akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) va uning huzurida yangi tashkil etilgan Diplomatik akademiya o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Miklos Lengel tomonlar avval imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum asosida o‘qituvchilar almashuvi va yosh diplomatlar uchun diplomatik kurslar tashkil etish orqali JIDU bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston-Vengriya rektorlari forumini o‘tkazish masalasini ham muhokama qildi. 2021 yil 20-23 iyun kunlari Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida Vengriyaning o‘ndan ortiq nufuzli ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etgan birinchi forum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani qayd etildi.
Mavzuga oid
21:27 / 05.07.2026
Vengriya prezidenti bosh vazirning talabi bilan iste’foga chiqmasligini aytdi
09:00 / 16.06.2026
Vengriya parlamenti bosh vazir lavozimida bo‘lish muddatini chekladi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026