Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston harbiy mahsulotlar eksportini bir yilga to‘xtatdi
Mamlakat sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi qurol-yarog‘, harbiy texnika va mahsulotlarini eksport qilishni to‘xtatib turish to‘g‘risida taklif kiritgandi.
Qozog‘iston harbiy mahsulotlar eksportini 2023 yil sentabrga qadar to‘xtatdi. Bu haqda mamlakat hukumati Telegram-kanalida xabar qilindi.
Xabarda aytilishicha, Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov raisligida mudofaa sanoati masalalari bo‘yicha komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Komissiya qatnashchilari 2023 yilning avgusti oxiriga qadar qurol-yarog‘, harbiy texnika va mahsulotlarini eksport qilishni to‘xtatib turish taklifini muhokama qildi. Taklif sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi tomonidan kiritilgandi.
«Ushbu taklif komissiya a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi»,— deyiladi Qozog‘iston hukumati xabarida.
Mavzuga oid
18:47
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda eng ko‘p ichadigan davlat bo‘lib chiqdi - tadqiqot
13:31 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28 / 12.06.2026