Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Tayvanga 1,1 mlrd dollarlik qurol yetkazib bermoqchi
Vashington va Pekin munosabatlari AQSh rasmiylarining Tayvanga bir qator tashriflaridan keyin yomonlashgan. Oq uy Taypeyga kemaga qarshi va «havo-havo» sinfidagi raketalarini yetkazib berishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Politico.
Foto: newsnpr
Xitoy bilan ziddiyat kuchaygan bir paytda AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Tayvanga 1,1 milliard dollarlik qurol-yarog‘ yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Taypeyga 60 ta kemaga qarshi raketalar va 100 ta «havo-havo» sinfidagi raketalar yetkazib berish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun Kongressga kiritiladi, deb xabar berdi Politico 29 avgust, dushanba kuni vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib.
Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Pekin bilan munosabatlarning yanada keskinlashuviga olib kelmaslik uchun Taypeyga harbiy yordamni kuchaytirishga emas, balki Tayvanning mudofaa qobiliyatini saqlab qolish va allaqachon imzolangan shartnomalarni amalga oshirishga urg‘u beriladi. Bayden ma’muriyati hozircha bu xabarga izoh bermadi.
Avgust oyi boshida Xitoy AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifiga javob qaytarib, orol yaqinida yirik harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Qo‘shma Shtatlar bunga javoban ikkita kreyser (tezyurar katta harbiy kema)ni Tayvan bo‘g‘ozi orqali olib o‘tdi. Pekin Tayvanni Xitoyning isyonkor provinsiyasi deb hisoblaydi, u bilan rasmiy aloqalarga keskin qarshilik qiladi va kerak bo‘lsa, uni o‘z nazoratiga qaytarish bilan tahdid qiladi.
Mavzuga oid
21:30 / 06.02.2026
Tramp Obama yuzi tasvirlangan maymun videosini e’lon qildi
15:49 / 06.02.2026
Finlandiya AQShni Ukrainaga kafolatlarni ehtiyotkorlik bilan ta’riflashga chaqirdi
13:03 / 06.02.2026
AQSh o‘z fuqarolarini Eronni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
12:28 / 06.02.2026