Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada yigirma yil ichidagi eng yuqori harorat qayd etildi
18 iyul kuni Nant shahrida havo harorati 42 darajaga yetdi, bu mazkur shahar uchun mutlaq rekord harorat hisoblanadi.
Fransiyada yoz fasli 2003 yildan buyon eng issiq fasl bo‘ldi, deb xabar berdi Franceinfo radiostansiyasi.
"2022 yil yozi 2003 yildan buyon kuzatilgan ikkinchi eng issiq yoz bo‘ldi. Iyun, iyul va avgustda o‘rtacha harorat 22,67 darajani tshakil etdi, 2003 yilda 23,10 darajaga yetgandi", - deyiladi xabarda.
18 iyul kuni Nant shahrida havo harorati 42 darajaga yetdi, bu mazkur shahar uchun mutlaq rekord harorat hisoblanadi, deya aniqlik kiritdi Franceinfo.
Yoz fasli davomida butun Fransiya hududida yuqori harorat hukm surdi.
O‘rtayer dengizidagi harorat ham me’yordagidan 4-5 darajaga yuqori bo‘ldi.
Iyulda kuzatilgan jazirama sababli mamlakatda suvdan foydalanishga cheklovlar kiritildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jazirama va qurg‘oqchilik oqibatida Fransiyada meva-sabzavotlar hosili qariyb 35 foizga kamaygan.
Mavzuga oid
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026