O‘zbekiston | 21:12 / 30.08.2022
16914
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda yana 10 kishi qamoqdan shartli ozod etildi

Namoyishlarda qatnashganlikda gumonlanayotgan va deputatlar so‘rovi bilan qamoq ehtiyot chorasi uy qamog‘iga almashtirilgan fuqarolar soni 34 nafarga yetdi.

Foto: Parlament komissiyasi

Bugun, 30 avgust kuni Qoraqalpog‘iston voqealarini o‘rganish bo‘yicha Oliy Majlis komissiyasi va Jo‘qorg‘i Kenges iltimosi bilan, yana 10 nafar gumonlanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi.

Shu kuni avvalroq Bosh prokuratura yana 24 fuqaroning qamoq ehtiyot chorasini insonparvarlik tamoyili asosida uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirgandi.

Shu tariqa, oilasi bag‘riga qaytganlar 34 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuraturaga kiritilgan ro‘yxat, namoyishlarda ishtirok etganlikda gumon qilinib, olib ketilgan shaxslarning oila a’zolari tomonidan komissiyaga qilingan murojaatlarning o‘rganilishi va gumonlanuvchilar bilan shaxsan suhbatlashish asosida shakllantirilgan.

Mavzuga oid