Gumonlanuvçilarga nisbatan belgilangan qamoq ehtiyot çorasi insonparvarlik tamoyili asosida jamoatçilik nazorati va uy qamoği tarzidagi ehtiyot çorasiga almaştirildi.
Bunda uşbu fuqarolar Qoraqalpoğistonda bölib ötgan voqealarda sodir etgan qilmişlaridan puşaymon ekani, qaramoğida voyaga yetmagan farzandlari borligi, ba’zi şaxslar oilada yolğiz boquvçi bölgani e’tiborga olingan.
Komissiya a’zolari öz faoliyatini boşlaganidan buyon fuqarolar murojaatlarini örganişga e’tibor qaratmoqda. Har bir murojaat örganilib, tegişli çoralar körilmoqda.
Komissiya a’zolari xolis xulosani tayyorlaşni murojaatlarni örganişdan boşlagan. Uning faoliyatiga oid yangiliklar bilan @commissionuz telegram-kanali orqali tanişib boriş mumkin.
Bölib ötgan voqealarni har tomonlama çuqur va xolisona tergov qiliş böyiça tergov jarayonlari davom etmoqda.













