Ukraina janubda UQK hujumi boshlanganini e’lon qildi
Ukraina qurolli kuchlari Xerson oblasti va mamlakat janubining boshqa hududlarida hujum uyushtirmoqda, dedi «Yug» xavfsizlik va mudofaa kuchlari matbuot markazi rahbari Natalya Gumenyuk. Rossiya tomoniga ko‘ra, hujum qaytarilgan.
Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) mamlakat janubidagi bir qator hududlarda hujum boshladi, dedi «Yug» xavfsizlik va mudofaa kuchlari qo‘shma matbuot markazi rahbari Natalya Gumenyuk. U 29 avgust, dushanba kuni Xerson oblastida ham hujum amaliyotlari olib borilayotganini ta’kidladi.
O‘z navbatida, «Kaxovka» tezkor guruhi Ukraina qo‘shinlari Xerson oblastida Rossiya Qurolli kuchlarining birinchi mudofaa chizig‘ini yorib o‘tgani haqida xabar berdi. Ukraina hujumi natijasida o‘zini «Donetsk xalq respublikasi» deb e’lon qilgan hududga tegishli 109-polk va rossiyalik desantchilar avval egallab turgan pozitsiyalarini tark etishdi, deyiladi «Kaxovka» tarqatgan videoda.
Xerson oblastida Rossiya mudofaasining birinchi chizig‘i yorib o‘tilganini «Ukrainska pravda» manbasi ham tasdiqladi.
Rossiya harbiy muxbiri Roman Saponkov Xerson va Mikolaiv oblastlari chegarasida, Xersondan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan Davidov Brod qishlog‘i hududiga tashrif buyurganini aytdi. «Dushman hujum qilib, himoyamizni tishlamoqda... Aftidan, hammasi jiddiy boshlangan. Zarbaning asosiy yo‘nalishi qayerda ekani hali aniq emas», - deb yozdi u Telegram-kanalida.
Ayni paytda, Rossiya tomonidan annexia qilingan Qrimda Ukraina qurolli kuchlarining Ukraina janubida hujum boshlangani haqidagi bayonot rad etildi. Qrim «rahbari» Sergey Aksyonov bu bayonotlar soxta va yolg‘on axborotlar ekanligini da’vo qilmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari dushanba kuni Mikolaiv va Xerson oblastlarida uchta frontda «muvaffaqiyatsiz» hujumga urinishgan. Ukraina kuchlarining yo‘qotishi 560 dan ortiq kishini tashkil etadi, deya ma’lum qildi Moskva.
Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi hujum haqidagi kechki hisobotida hech narsa xabar bermadi.
Mavzuga oid
22:59 / 26.11.2024
Ukraina – Janubiy Koreya: kutilmaganda paydo bo‘lgan ittifoq
19:07 / 26.11.2024
Ukraina armiyasiga yollangan britaniyalik Rossiyada asirlikka tushdi
17:41 / 26.11.2024
«Putin doim hujumga tayyor, Tramp – tabiatan developer». Merkelning memuaridan parchalar
13:20 / 26.11.2024