O‘zbekiston | 17:00 / 31.08.2022
8744
5 daqiqa o‘qiladi

ERIELL Group: Kichkintoylarga ajoyib tuhfa

Foto: ERIELL

Yaxshilikni har kim har kuni qilishi kerak, deydi dono xalqimiz. ERIELL Group kompaniyasi ana shunga amal qilib, 30 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni arafasida Toshkent viloyati «Kichkintoy» bolalar uyida xayriya aksiyasini o‘tkazdi. Ushbu muassasada yetti yoshgacha bo‘lgan 45 nafar bolalar, jumladan bir yoshga ham to‘lmagan go‘daklar tarbiyalanadi. Har bir bola mehr va e’tiborga muhtoj bo‘ladi, shu bois, ota-ona parvarishidan mahrum bo‘lgan bolalarni yolg‘izlatmaslik kerak. Bolalar uyining asosiy vazifasi bu yerdagi tarbiyalanuvchilarning oilaviy qadriyatlar va an’analardan xabardor bo‘lishini ta’minlashdir. 

Foto: ERIELL

Bolalarning qulay shart-sharoitlarda yashab, ulg‘ayishlari uchun ERIELL Group tomonidan bino to‘liq ta’mirlandi: yashash sharoitlari yaxshilanib, qo‘shimcha qulayliklar yaratildi. Ta’mirlash chog‘ida xavfsizlik masalasiga, mebellar, texnika, eshik va derazalarni almashtirishga alohida e’tibor qaratildi, xo‘jalik binolari ta’mirdan chiqdi, binoning tashqi qiyofasi yangilandi, xonalarni bezatish ishlari amalga oshirildi. Bular «Kichkintoy» bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga kattalarning alohida e’tibori va g‘amxo‘rligini his qilishiga yordam beradi.  

Foto: ERIELL

Muassasa direktori Tohira Abdusamatovna Ismoilova 25 yildan buyon tarbiyalanuvchilarga onalik qilib kelmoqda. Tohira Abdusamatovnaning bu xizmatlari alohida qadrlanib, u birinchi darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni va «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi. «Davlatga qarashli muassasamizda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tarbiyalanadi. Bu yerda mehnat qilayotgan tarbiyachilar bolalarning eng yaqin va qadrdon kishilaridir», - deydi Tohira Abdusamatovna. Ta’mirdan chiqqan bolalar uyining ochilishi munosabati bilan tashkil qilingan bayram tadbiri tarbiyalanuvchilarimiz uchun ajoyib bayram tuhfasi bo‘ldi.  

Foto: ERIELL

Bolajonlarni tabriklash va kayfiyatlarini ko‘tarish maqsadida sevimli multfilm qahramonlari tashrif buyurib, turli o‘yin-kulgular uyushtirishdi. Ajoyib sovg‘alar ham bolajonlarga bayramona sovg‘a bo‘ldi, xususan, ERIELL Group va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamkorligida chop etilgan shercha Leo haqidagi kitobcha ham shular jumlasidandir.  

Foto: ERIELL

ERIELL Group vakillari ulashgan xush kayfiyat bolajonlar hayotidagi unutilmas voqealardan bo‘ldi. Chinakam oilaviy muhit, mazali palov, shirinliklarga to‘la bayram dasturxoni barchaning yodida muhrlanib qolishi shubhasiz. «ERIELL Group kompaniyasi tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik uchun minnatdormiz. Bu yerda tarbiyalanayotgan har bir bola biz uchun qadrdon. To‘g‘ri, hech kim onaning o‘rnini bosa olmaydi, biroq biz qo‘limizdan kelgancha bolajonlarimizga mehr ulashishga harakat qilamiz», - deydi bolalar uyi direktori Tohira Abdusamatovna.  

Foto: ERIELL

So‘zimiz yakunida shuni aytmoqchimizki, «Kichkintoy» bolalar uyi tarbiyalanuvchilari uchun bu maskan – ularning bolaligi o‘tadigan qadrdon uydir. Umid qilamizki, ushbu aksiya tufayli, shirin so‘z va oilaviy muhitga muhtoj bu go‘daklarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi yanada oshadi, ularning bu maskanda o‘tgan bolaligi mehribonlik va saxovat davri sifatida ularning yodida qoladi. 

Foto: ERIELL
Foto: ERIELL

ERIELL Group «Ezgulik ulashing» loyihasi doirasida xayriya tadbirlarini o‘tkazishni davom ettiradi va bunda bolalar va alohida g‘amxo‘rlikka muhtojlar uchun ixtisoslashgan muassasalarga alohida e’tibor qaratadi.

Foto: ERIELL

ERIELL Grouo O‘zbekiston fuqarolarini Mustaqillik kuni bilan tabriklaydi, siz va yaqinlaringizga baxt-saodat, mustahkam sog‘lik va farovonlik tilaydi. Ilohim siz boshlagan barcha ezgu ishlaringiz vatanimiz taraqqiyoti va gullab-yashnashiga xizmat qilsin!

ERIELL Group matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid