O‘zbekiston | 12:07 / 31.08.2022
6239
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda haydovchining xotini vafot etdi

G‘allaorolda Kia Bongo rusumli mashina yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzu yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 25 avgust kuni soat 1:00 larda M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining G‘allaorol tumani Xonimqo‘rg‘on QVP hududidan o‘tgan 1036-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq avtohalokat sodir bo‘lgan.

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yashovchi shaxs Kia Bongo rusumli mashinasi bilan Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Andijon tumanida yashovchi shaxs boshqaruvida bo‘lgan Isuzu yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan.

Oqibatda Kia Bongo haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, G‘allaorol tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Uning turmush o‘rtog‘i hodisa joyida vafot etgan.

Avvalroq, Jizzaxda Cobalt mashinasi svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Isuzu mashinasining orqa qismidan urilgan va oqibatda haydovchining xotini vafot etgandi.

Mavzuga oid