Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Twitter postlarni tahrirlash imkoniyatini sinovdan o‘tkazmoqda
Tvitni tahrirlash imkoniyatidan u e’lon qilinganidan so‘ng yarim soat davomida foydalanish mumkin bo‘ladi. Ushbu funksiya faqat Twitter Blue pulli obunasi foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan.
Foto: Amy Osborne / AFP
Twitter mikrobloglar servisi postlarni tahrirlash funksiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Ushbu funksiya faqat Twitter Blue pulli obunasi foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan.
Tvitni tahrirlash imkoniyatidan u e’lon qilinganidan so‘ng yarim soat davomida foydalanish mumkin bo‘ladi. Bunday tvitlar ular yaqinda tahrirlanganini bildirib turuvchi maxsus marker bilan belgilab qo‘yiladi.
Hozirda funksiyani Twitter foydalanuvchilarining kichik guruhi sinab ko‘rmoqda. Bir oydan so‘ng guruh yanada kengayadi.
Hozirda Twitter Blue’ga AQSh, Avstraliya, Kanada va Yangi Zelandiyadagi foydalanuvchilar obuna bo‘lishi mumkin.
Twitter tvitlarni tahrirlash funksiyasini 2021 yildan buyon ishlab chiqmoqda.
Mavzuga oid
14:54 / 22.03.2025
Sobiq Twitter logotipi kimoshdi savdosida qariyb 35 ming dollarga sotildi
18:16 / 13.02.2025
Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i Trampga 10 mln dollar to‘lab beradi
23:47 / 14.08.2024
X ijtimoiy tarmog‘i noqonuniy ishdan bo‘shatilgan xodimiga 550 ming yevro kompensatsiya to‘laydi
10:11 / 01.11.2023