Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda sozgarlar shaharchasi tashkil etiladi
Prezidentning “Milliy musiqa cholg‘ularini ommalashtirish va ishlab chiqarish sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Madaniyat vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi hamda keng jamoatchilikning milliy musiqa cholg‘ularini ilmiy darajada o‘rganish va ularni takomillashtirish, “Hunarmand” uyushmasi sub’yektlari sifatida ro‘yxatdan o‘tgan sozgar usta-hunarmandlar bilan hamjihatlikda milliy musiqa cholg‘ularini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan Milliy cholg‘ularni ishlab chiqarish sozgarlar shaharchasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.
Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
- milliy musiqa cholg‘ularini ishlab chiqarish va restavratsiya qilish bilan shug‘ullanayotgan “Hunarmand” uyushmasi sub’yektlari sifatida ro‘yxatdan o‘tgan usta-hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, “ustoz-shogird” maktablari faoliyatini tubdan takomillashtirish orqali yoshlarni sohaga keng jalb qilish;
- respublika hududidagi turistik marshrutga kiritilgan obektlar va bozorlarda milliy cholg‘ular savdosini tashkil qilish;
- har ikki yilda bir marta bo‘lib o‘tadigan “Xalqaro maqom san’ati anjumani” doirasida milliy musiqa cholg‘ularimizni jahon hamjamiyatida keng targ‘ib qilish yuzasidan ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil qiladi.
Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda sozgarlar shaharchasini barpo etish uchun Toshkent shahridan 2 gektar yer maydoni ajratadi. Sozgarlar shaharchasini barpo etish bo‘yicha “Binolardan foydalanish va ularni ekspluatatsiya qilish direksiyasi” davlat unitar korxonasi buyurtmachi etib belgilanadi.
Moliya vazirligi 2023 yil 1 fevralga qadar sozgarlar shaharchasini barpo etish, milliy cholg‘ular muzeyi, “Hunarmand” uyushmasi sub’yektlari sifatida ro‘yxatdan o‘tgan 20 ta usta-hunarmandlar har biriga alohida milliy musiqa cholg‘ularini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘ladigan bino-inshootlarni, musiqa cholg‘ularini ishlab chiqarish sexlari, quritish xonalari, ombor xonalari hamda tayyor mahsulotlarni sotish uchun do‘konlar, bundan tashqari “Hunarmand” uyushmasi sub’yektlari sifatida ro‘yxatdan o‘tgan usta-hunarmandlar uchun yashash xonadonlarini qurish, jihozlash hamda sozgarlar shaharchasi atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida respublika budjetidan Madaniyat vazirligi budjetdan tashqari jamg‘armasiga 65 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishini ta’minlaydi.
Milliy musiqa cholg‘ularini ishlab chiqarishda xomashyo sifatida ishlatiladigan noyob daraxtlar turlarini yetishtirish uchun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidan 10 ga yer maydoni ajratish nazarda tutiladi.
Mavzuga oid
14:57 / 28.10.2025
OpenAI musiqa yaratuvchi SI ustida ishlamoqda
16:07 / 17.05.2024
Toshkentdagi mehmonxonada kechasi baland ovozda musiqa qo‘ygan xorijlik 15 sutkaga qamaldi
07:53 / 17.02.2022
Milliy gvardiya musiqa akademik litseyi tashkil etildi
09:55 / 04.02.2022