Harbiy musiqa akademik litseyiga ilmiy-metodik yordam körsatiş maqsadida Özbekiston davlat konservatoriyasi, Toşkent davlat pedagogika universiteti hamda Jamoat xavfsizligi universiteti biriktirildi.
Harbiy musiqa akademik litseyida: istisno tariqasida, mavjud umumiy örta ta’lim sinflari saqlab qolinadi; öquvçilar bepul turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi; 1−2-bosqiç öquvçilari Milliy gvardiya qömondoni tomonidan tasdiqlangan bepul kiyim-boş bilan ta’minlanadi; öqitiş “Damli va zarbli çolğular ijroçiligi” ta’lim yönalişi böyiça amalga oşiriladi; bitiruvçilarga davlat namunasidagi diplom, orkestr artisti malaka darajasi hamda kökrak nişoni beriladi.
Harbiy-musiqa akademik litseyi bitiruvçilariga oliy harbiy ta’lim muassasalariga öqişga kirişda Davlat test markazi tomonidan ötkaziladigan test sinovlarida özlari töplagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boşqa davlat OTMga öqişga kirişda esa özlari töplagan ballarning 15 foizi (şu jumladan, ijodiy imtihonlar böyiça) miqdoridagi qöşimça ballar körinişida imtiyoz beriladi.












