Prezident “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.
2022/2023 öquv yilidan boşlab ta’lim muassasalarida öquvçi va talabalarning musiqiy bilim va könikmalarini oşiriş, ularning qalbida milliy madaniyatga bölgan muhabbatni şakllantiriş, yoş iste’dodlarni aniqlaş va qöllab-quvvatlaşga qaratilgan quyidagi çora-tadbirlar amalga oşirilişi belgilandi:
a) umumiy örta ta’lim muassasalarida:
- qarorga ilovadagi röyxatda keltirilgan milliy musiqa çolğularidan kamida bittasida kuy ijro etiş mahorati örgatiladi hamda bu haqda ularning ta’lim töğrisidagi hujjatiga (şahodatnoma) tegişli qayd kiritiladi;
- musiqa fani uçun haftasiga belgilangan bir öquv soati hamda unga qöşimça ravişda har hafta milliy musiqa çolğularida kuy ijro etiş amaliy tögaraklari va fakultativ darslari ötkaziladi;
- qarorga ilovadagi röyxatda keltirilgan milliy çolğulardan kamida bittasida, 2023/2024 öquv yilidan boşlab esa kamida uçtasida kuy ijro etiş mahoratiga ega böliş musiqa fani öqituvçilari uçun majburiy hisoblanadi;
- musiqa fani uçun ajratilgan öquv soatlari doirasida “Hayotimga hamrohdir çolğu” şiori ostida çolğu ijroçiligi dars maşğulotlari yölga qöyiladi;
- notalar töplamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta’minlaş umumta’lim maktablarini darsliklar va öquv-metodik qöllanmalar bilan ta’minlaş tizimiga kiritiladi;
- öquvçilarning darsdan taşqari vaqtlarini mazmunli taşkil etiş maqsadida ularning qiziqişlariga köra milliy musiqa çolğularida kuy ijro etiş mahorati, tasviriy va amaliy san’at, hunarmandçilik yönalişlarida amaliy tögaraklar taşkil etiladi;
- amaliy tögaraklar rahbarlariga “Barkamol avlod” bolalar maktablari tögarak rahbari uçun belgilangan bazaviy tarif stavkalari qöllaniladi;
- amaliy tögaraklarni olib boriş hisobi “Elektron kundalik” dasturi orqali amalga oşiriladi hamda har çorakda tögarak iştirokçilarining hisobot konsertlari taşkil qilinadi;
- musiqa san’ati böyiça professional ta’lim hamda oliy ta’lim töğrisidagi hujjatga ega bölgan, kamida 3 ta milliy musiqa çolğularida mahorat bilan kuy ijro eta oladigan mutaxassislarni asosiy iş joyidan böş vaqtida u yerdagi mehnatga haq tölaş şartlarini saqlab qolgan holda örindoşlik asosida umumiy örta ta’lim muassasalari musiqa fani öqituvçisi va musiqa yönalişidagi tögarak rahbari lavozimiga töliq stavkada işga qabul qilişga ruxsat beriladi;











