Toşkent şahridagi mehmonxonada keçasi baland ovozda musiqa qöyib, atrofdagilarning tinçini buzgan çet el fuqarosi ma’muriy jazoga tortildi.

Kun.uz muxbiri tanişgan sud hujjatida keltirilişiça, 2024 yil 16 aprel kuni soat 22:30da Malika mehmonxonasi xodimi F.Aliyev Toşkent şahar IIBB işonç telefoniga qönğiroq qilib, mijoz Aleksander Xaustav fuqarolar tinçini buzayotganini ma’lum qilgan. U arizasida mijoz keçasi baland ovozda musiqa qöygani, şuningdek, mast holatda mehmonxonaga peşob qilganini bildirgan.

Holat yuzasidan voqea joyiga IIO xodimlari yetib kelgan hamda Aleksander Xaustavni IIB bölimiga taklif qilişgan. Ammo u IIB bölimiga borişdan boş tortib, içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talabini bajarmagan.

Sud majlisida söralgan huquqbuzar mijoz aybiga iqror bölgan. U öşa kuni uyida spirtli içimlik iste’mol qilgani, Özbekistonga pasxa bayrami munosabati bilan ota-onasi qabrtoşlarini yangilaş uçun kelgani, mehmonxonaga yetgan zararlarni qoplab berişi, qilgan işidan puşaymonligini aytgan. Mehmonxona xodimi esa Aleksander Xaustav musiqani baland qöyib mehmonlar tinçini buzgani, sigaret çekib taşlaşi natijasida mehmonxonaga zarar yetkazganini ma’lum qilib, unga qonuniy çora körişni söragan.

Sud qarori bilan Aleksander Xaustav Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik), 192-moddasi (Maişiy şovqinga qarşi kuraş talablarini buziş) va 194-moddasining 1-qismida (Içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) körsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.