O‘zbekiston | 17:34 / 05.09.2022
23660
1 daqiqa o‘qiladi

Si Jinping O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping kelasi hafta davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi.

AP Photo / Mark Schiefelbein

Kun.uz'ga ma’lum bo‘lishicha, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan davlat tashrifi doirasidagi rasmiy tadbirlarda qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Shundan keyin Xitoy rahbari Samarqandda bo‘ladigan Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari sammitida ishtirok etadi.

Sammit 15-16 sentabr kunlariga belgilangan. Unda ShHT yetakchilari pandemiya sababli 2019 yildan keyingi davrda ilk marta yuzma-yuz uchrashadi. 2020 va 2021 yilgi sammitlar onlayn formatda o‘tkazilgandi.

Ma’lumot uchun, Si Jinping 2020 yil boshidan buyon pandemiya tufayli xorijiy safarlarga chiqmagan. U O‘zbekistonga tashrifidan oldin Qozog‘istonda ham bo‘ladi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid