Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Ta’mirlash ishlari tufayli ertaga Zangiota tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
2022 yil 6 sentabr kuni soat 08:00 dan 2022 yil 09 sentabr soat 17:00 ga qadar Zangiota tumanidagi O‘rtaovul, Erkin, Qatortol, Bo‘zsuv va Turkiston hududlaridagi jami 27 040 ta aholi xonadonlarida, 780 ta tabiiy gaz ulgurji iste’molchilarida va 93 ta ijtimoiy soha obektlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
2022-2023 yil kuz-qish mavsumiga gaz tarmoqlari barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida «Janubiy-G‘arbiy» va «Bo‘z-suv»-2 Gs orqali tabiiy gaz bilan ta’minlanadigan hududlardagi mavjud yuqori va o‘rta bosimli gaz quvurlarini loyihaviy bosimga ko‘tarib zichlikka va mustahkamlikka sinash ishlari olib boriladi.
«Hududgaz Toshkent» gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
22:18 / 04.06.2026
Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
20:10 / 15.05.2026