Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:57 / 06.09.2022
2172
2 daqiqa o‘qiladi
Qaysi holatlarda tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilishi aytildi
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan «Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga binoan qator holatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Ular quyidagicha:
- davlat boji to‘lanmagani yoki uning to‘liq bo‘lmagan miqdorda to‘langani;
- nizomda nazarda tutilgan holatlarda tegishli bo‘lmagan ro‘yxatdan o‘tkazish organiga murojaat qilingani;
- nizomda nazarda tutilgan hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilgani;
- qonun va ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan ta’sis hujjatlarini tasdiqlash (xulosaga kelish), ularga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilingani — ustav fondi miqdori oshirilgan (kamaytirilganda), ulush (hissa) boshqa shaxsga o‘tgan, qayta tashkil etilgan taqdirda;
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda qonun hujjatlari bilan ustav fondi miqdoriga doir talablar belgilangan tadbirkorlik sub’yektlari — yuridik shaxslar uchun ta’sis hujjatlarida ustav fondi eng kam miqdoridan kam bo‘lgan miqdor belgilangani;
- yuridik shaxs manzilini o‘zgartirish bilan bog‘liq qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda yuridik shaxs BHM 300 baravaridan ortiq soliq qarzi mavjudligi yoki amalga oshirilgan tovar aylanma yoxud tovarlar importi bo‘yicha realizatsiya hajmi soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilmagani, soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda topshirmagani;
- ulush (hissa) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, muassis muassislar ro‘yxati o‘zgarishiga roziligi mavjud emasligi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
11:05 / 16.06.2026
Mijozlar bilan eng yomon ishlayotgan banklar ro‘yxati e’lon qilib boriladi
20:19 / 29.08.2025
Prezident: 8 oyda 5 million aholining bandligini ta’minladik
10:35 / 28.06.2025
1,9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi
18:27 / 21.06.2025