Özbekiston Raqobat qömitasi çakana savdo qoidalariga aksiyalar va çegirmalar haqida normalar kiritişni taklif qilmoqda. Qömita tegişli qaror loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöydi.
Hujjat loyihasiga köra, sotuvçi çegirma taklif etganda, tovarning avvalgi narxini ham körsatişi kerak böladi. Çegirmada körsatilgan avvalgi narx çegirma e’lon qilingunga qadar oxirgi 30 kundagi eng past narx bölişi lozim. Sotuvçiga buni isbotlaş majburiyatini yuklaş taklif etilmoqda.
Narxnomada tovarning aksiyadagi narxi odatiy narx yozilgan şriftga qaraganda kattaroq bölişi mumkin emas.
Sotuvçi sun’iy ravişda narxlarni oşirib, keyinçalik arzonlaştirilgan narxlarni çegirma sifatida körsatiş orqali iste’molçilarni çalğitişi taqiqlanadi.
Ötkaziladigan aksiya va çegirmalar hamda ustamalar yuzasidan batafsil axborot, uşbu tadbirlar ötkazilişidan 10 kun oldin soliq xizmati organlariga taqdim etilişi şart, deb belgilanişi mumkin.
Sotuvçi öz tovarlariga nisbatan çegirmalarni e’lon qilişda tovarlar va narxlar hisobini yuritişga, tovarning oxirgi 30 kunda amalda bölgan narxlarini qayd etiş hamda iste’molçining talabiga köra, mazkur ma’lumotlarni taqdim etişga majbur, degan qoida taklif etilmoqda.
Aksiya ötkazmoqçi bölgan sotuvçilarga quyidagi talablar qöyilişi mumkin:
- aksiyani e’lon qilişda uning şartlarini, şu jumladan aksiyaning amal qiliş muddati, sotib oliş şartlari, aksiyaga qöyiladigan tovarlar nomi (turkumi) va boşqa muhim ma’lumotlarni iste’molçilarga aniq va tuşunarli qilib yetkaziş;
- aksiya e’lon qilingandan söng uning şartlarini özgartirmaslik, aksiyaga qöyiladigan tovar narxi haqida töğri va yetarli darajada töliq ma’lumot beriş;
- aksiya davomida taklif etilayotgan çegirma, bonus va boşqa imtiyozlar haqiqatda amal qilişini ta’minlaş;
- aksiyaga qöyilgan tovarlar zaxirasining uning amal qiliş muddati davomida yetarli miqdorda bölişini ta’minlaş.
Bundan taşqari:
- çegirmani aniq foiz yoki summa şaklida belgilaş hamda tovar narxi oson aniqlanişi va aniq öqilişini ta’minlaş;
- iste’molçining talabiga köra, har bir tovar uçun çegirma narxgaça bölgan narx haqida aniq ma’lumot taqdim etiş;












