«Hududgazta’minot» ma’lum qilishicha, Qibray tumanining Salar mahallasida joylashgan noturar bino xatlovdan o‘tkazilganda, fuqaro Sh.A. kafel ishlab chiqarish sexi tashkil etib, loyiha-texnik hujjatlarisiz tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib olgani ma’lum bo‘ldi.
E-maʼmuriy dasturi orqali hisob-kitob qilinganida gaz ta’minoti korxonasiga 955 mln 583 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi.
Oqqo‘rg‘on tumani «Usta Nurmat» MFYda joylashgan «R.Q.» MChJga qarashli novvoyxonada gaz tarmog‘iga tegishli loyiha-texnik hujjatlarisiz ulangani aniqlandi.
Holat bo‘yicha 946 mln 080 ming so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillariga topshirildi.











