O‘zbekistondan to‘qimachilik mahsulotlari eksporti qariyb 2 mlrd dollarga yetdi
O‘zbekiston to‘qimachilik eksporti o‘sishi Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti ishbilarmonlar hamjamiyati e’tiborini tortdi.
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Savdo-sanoat palatasi portalida "O‘zbek to‘qimachiligi eksporti yetti oy ichida qariyb 2 milliard dollarga yetdi" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Joriy yil yanvar-iyul oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistondan to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 1,91 mlrd dollar miqdorida amalga oshirildi, bu umumiy eksport hajmi 17 foizini tashkil etadi, deb yozadi portal.
2021 yil yanvar-iyul oylari bilan taqqoslaganda, u 19,2 foizga oshdi. To‘qimachilik eksporti tarkibida paxta kalavasi (51,3 foiz), tayyor trikotaj va tikuvchilik mahsulotlari (25,1 foiz) asosiy ulushni tashkil qiladi.
Maqolada ta’kidlanishicha, yanvar-iyul oylarida dunyo 194 mamlakatiga 67 turdan ortiq to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan. “O‘zbekiston iqtisodiyotida yengil sanoatning roli sezilarli darajada oshdi, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 8,8 foizni tashkil etdi”, deb yozadi portal.
Mavzuga oid
12:50 / 04.11.2024
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari Mo‘g‘ulistonga eksport qilinadi
09:40 / 23.10.2024
O‘zbekistondan Kuvaytga quruq mevalar eksporti hajmi oshiriladi
21:40 / 02.10.2024
Qirg‘iziston O‘zbekiston tufayli go‘sht eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qilgani ma’lum bo‘ldi
20:58 / 19.09.2024