Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Polsha rektorlari forumi o‘tkaziladi
O‘zbekiston IREG -2023 xalqaro konferensiyasiga mezbonlik qiladi.
O‘zbekiston oliy ta’lim vaziri birinchi o‘rinbosari Komil Karimov Xalqaro akademik reytinglar assotsiatsiyasi (IREG) prezidenti Valdemar Sivinski va Polsha delegatsiyasi vakillarini qabul qildi.
Uchrashuvda IREG xalqaro akademik reytinglar assotsiatsiyasiga O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari a’zoligini ko‘paytirish, 2023 yil aprel oyida O‘zbekistonda IREG-2023 xalqaro konferensiyasi, O‘zbekiston va Polsha rektorlari forumi, Polsha oliy ta’lim muassasalari ko‘rgazmasini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
- Polsha tibbiyot va muhandislik-texnika sohasidagi qator universitetlari O‘zbekiston turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalar o‘rnatishga qiziqish bildirmoqda, - deya ta’kidladi Valdemar Sivinski. - Varshava stomatologiya akademiyasi Toshkent davlat stomatologiya institutida yo‘lga qo‘yilgan davolash texnologiyalari bo‘yicha tajriba almashishni maqsad qilgan.
Polsha vakillari muhim ta’lim yo‘nalishlari sifatida suv resurslaridan foydalanish, ekologiyani himoya qilish, muhandislik-texnika yo‘nalishlarida turli hamkorlik shakllarni ishlab chiqishni taklif etdi.
Muzokaralar natijasida respublika ta’lim dargohlari xalqaro ta’lim maydonida tan olingan reytinglarga kirish borasida qo‘yilgan vazifalar ijrosini jadallashtirish maqsadida IREG -2023 xalqaro konferensiyasini O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
10:45 / 29.06.2026
Germaniya Polshaga 300 mln yevrogacha tovon to‘lashi mumkin
10:15 / 26.06.2026
Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi
16:09 / 21.06.2026
Kiyev va Varshava o‘rtasida – «ordenlar urushi» ketmoqda
15:13 / 15.06.2026