O‘zbekiston | 10:42 / 09.09.2022
7089
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va BAA Orolbo‘yida qo‘shma izlanishlarni tashkil etadi

Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘ldi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) amaliy tashrif bilan bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

BAA Innovatsiyalar markazi vakillari joriy yil oktyabr oyida o‘tkaziladigan Innoweek.uz – 2022 innovatsiyalar haftaligiga taklif etildi. Mazkur haftalik doirasida ikki tomonlama hamkorlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Dubai Future Lab –  kelajak laboratoriyasida yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi. Uchrashuv chog‘ida robototexnika va boshqa texnologiyalarga qiziquvchi yoshlarni qisqa muddatli malaka oshirish va tanishuv dasturlariga yuborish masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro biotuz qishloq xo‘jaligi markazi (ICBA) bosh direktori Tarifa Al-Zaabi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda qiymati 5,1 million dollar miqdoriga teng “Orolbo‘yida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish dasturi” ijrosi muhokama qilindi.

Tomonlar Orolbo‘yi hududida qurg‘oqchilik va suvsizlikka chidamli o‘simlik navlarini yetishtirish va ulardan qishloq xo‘jaligida foydalanish bo‘yicha qo‘shma izlanishlarni tashkil etish, loyihani hamkorlikda moliyalashtirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishga kelishib oldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid